يَوْمَ يُسْحَبُونَ فِى ٱلنَّارِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ ذُوقُوا۟ مَسَّ سَقَرَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yuztuban do`zaxga sudraladigan kunda, jahannam azobini tatib ko`ring, (deyilur).Юзтубан дўзахга судраладиган кунда, жаҳаннам азобини татиб кўринг, (дейилур).Alauddin Mansour: Ular yuztuban hollarida doʻzaxga sudraladigan Kunda (ularga): «Doʻzax azobini totib koʻringlar!», (deyilur).Улар юзтубан ҳолларида дўзахга судраладиган Кунда (уларга): «Дўзах азобини тотиб кўринглар!», (дейилур).
Ha, bugun ular har qancha gerdaymasinlar, baribir, oxiratda xor boʻlgan hollarida yuztuban holatda sudrab doʻzaxga olib boriladilar. Oʻsha kunda, mazkur azoblarga giriftor boʻlib turganlarida:
«jahannam azobini totib koʻring, (deyilur)».
Va nihoyat, suraning soʻngidagi oyatlar Allohning ulkan qudratini va ilmini bayon qilish bilan birga, taqvodorlarga oxiratda beriladigan neʼmatlar haqida ham xabar beradi.