QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят10

وَٱلْأَرْضَ وَضَعَهَا لِلْأَنَامِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yerni xaloyiq uchun qo`ydi.Ва ерни халойиқ учун қўйди.Alauddin Mansour: Yerni U zot (jamiyki) jonzotlar uchun (yaʼni, ular joylashib, foydalanishlari uchun) past-tekis qilib qoʻydi.Ерни У зот (жамийки) жонзотлар учун (яъни, улар жойлашиб, фойдаланишлари учун) паст-текис қилиб қўйди.

531-sahifa · 27-juz · 54-hizb531-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلْأَرْضَva yerniва ерниوَضَعَهَاuni qoʻydiуни қўйдиلِلْأَنَامِhaloyiq uchunҳалойиқ учун
TafsirТафсир

Arab tilida «xaloyiq» soʻzi jonzot maʼnosida ham ishlatiladi. Yaʼni, yerni Alloh taolo barcha jonzotlar uchun munosib qilib qoʻydi. Maʼlumki, yer borliqdagi son-sanoqsiz mavjudotlardan bittasi, hattoki, eng kichiklaridan biri hisoblanadi. Lekin oʻsha yerning yaratilishi, uning jonzotlar yashashi uchun mos boʻlishi va hokazo holatlar Alloh taoloning cheksiz qudratining yorqin dalilidir. Boshqa sayyoralarda nima uchun jonzotlarning yashashiga imkoniyat yoʻq? Yerdagi havo, suv, tuproq, yerning tortish kuchi va boshqa millionlab xususiyatlarni kim vujudga keltirdi? Faqat vujudga keltiribgina qolmay, ularni bir-biriga moslab, jonzotlar uchun, ularning hayot kechirishi uchun, xususan, inson uchun xizmatkor qilib qoʻydi? Bularning birortasini ham Rohman sifatli Allohdan boshqa hech kim qila olmaydi!