فِيهَا فَـٰكِهَةٌ وَٱلنَّخْلُ ذَاتُ ٱلْأَكْمَامِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(er)da mevalar va gulkosali xurmolar bor.У(ер)да мевалар ва гулкосали хурмолар бор.Alauddin Mansour: Unda (turli-tuman) meva-cheva va gulkosali xurmo daraxtlari bor.Унда (турли-туман) мева-чева ва гулкосали хурмо дарахтлари бор.
Alloh taolo yerni yashash uchun moslab qoʻygan, deganda, jonzotlarga rizq-roʻzini serob qilgani ham nazarda tutiladi. Turli-tuman meva-chevalar ichida gulkosali xurmolar ham borligini alohida zikr qilayotganining boisi shuki, xurmo arab diyorida eng serob meva boʻlib, tarkibida foydali moddalar nihoyatda koʻpdir. Mevalarning shaklini, taʼmini, foydali xususiyatlarini va shifobaxshlik darajalarini turli-tuman qilib kim yaratdi? Nima uchun bir yerda oʻsgan turli mevalar taʼmi turlicha boʻladi. Ularga rangni kim bergan ekan? Bularning barchasini Rohman sifatli Alloh taolo ato qilmasa, boshqa kimning ham qoʻlidan kelardi.