QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят12

وَٱلْحَبُّ ذُو ٱلْعَصْفِ وَٱلرَّيْحَانُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va somonli donlar hamda rayhonlar bor.Ва сомонли донлар ҳамда райҳонлар бор.Alauddin Mansour: Yana somonli don-dun va xushboʻy (gullar) bor.Яна сомонли дон-дун ва хушбўй (гуллар) бор.

531-sahifa · 27-juz · 54-hizb531-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلْحَبُّva donlarва донларذُوegasiэгасиٱلْعَصْفِsomonсомонوَٱلرَّيْحَانُva rayhonва райҳон
TafsirТафсир

Mevalar asosan lazzatlanish uchun isteʼmol qilinsa, ushbu oyatda ham insonlar uchun, ham unga tobeʼ qilingan jonivorlar uchun asosiy ozuqa boʻlmish donli neʼmatlar eslatilmoqda. Shu bilan birga, insonning toʻla rohat olishi xushboʻy hidlarni hidlash bilan boʻlishligi eʼtiboridan rayhon ham zikr qilinmoqda.

Har bir donli ekinning oʻsishi, don boʻlishi va uning jonzotlarga ozuqa boʻlishi alohida-alohida moʻʼjiza emasmi?! Donlarga ozuqa boʻlish xususiyatini kim berdi ekan? Albatta, Rohman sifatli Allohdan boshqa hech kim bera olmaydi!

Dunyoda qanchadan-qancha xushboʻy gullar bor. Ularning chiroyini aytmaysizmi! Ranglarining xilma-xilligini aytmaysizmi! Qaysi rassom ularga boʻyoq berdi ekan. Hidlarini-chi? Hidlarni qayoqdan olishdi u gullar? Javob bitta: bularga faqat Rohman sifatli Alloh taologina qodir. Alloh taolo oʻtgan oyatlarda Oʻz neʼmatlarini, jumladan, Qurʼonning taʼlimi, insonning yaratilishi, bayonning oʻrgatilishi, quyoshu oylarning muvofiq oʻlchovda qilib qoʻyilishi, osmonning va adolat mezonining oʻrnatilganligi, yerning jonzotlar uchun jihozlanganligi, unda meva-chevalar, donlar, xushboʻy oʻsimliklar borligi, kabilarni zikr qilib oʻtgandan soʻng, insonlaru jinlarga xitob qilib bunday deydi: