QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят13

فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!Бас, Роббингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея олурсиз?!Alauddin Mansour: Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya (yaʼni, inkor qila) olursizlar?!Бас, (эй инсонлар ва жинлар), Парвардигорингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея (яъни, инкор қила) олурсизлар?!

531-sahifa · 27-juz · 54-hizb531-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَبِأَىِّbas, qaysiбас, қайсиءَالَآءِneʼmatlariniнеъматлариниرَبِّكُمَاRobbingizningРоббингизнингتُكَذِّبَانِikkingiz yolgʻon deya olursizиккингиз ёлғон дея олурсиз
TafsirТафсир

Allohning neʼmatlarini yolgʻon deyish, ularga ishonmaslik noshukrlikdan oʻzga narsa emas. Neʼmat beruvchi Zotga shukr qilmaslik neʼmatlarni Alloh taolo berganligini inkor qilish bilan boʻladi. Chunki, shukr iymonning dalillaridan biridir, noshukrlik esa kufrning dalilidir.

Mazkur surada ushbu oyat oʻttiz bir marta takrorlangan. Baʼzida Alloh taolo bergan neʼmatlar zikridan soʻng, shu neʼmatlarning Allohdan ekanini taʼkidlash, uni eʼtirof etib shukr qilishga daʼvat maʼnosida kelgan boʻlsa, baʼzida insonning Allohga qilgan isyoni zikridan soʻng, qoʻrqitish, kufrdan qaytarish maʼnosida kelgan.

Imom Termiziy Jobir roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda aytiladiki: «Paygʻambarimiz alayhissalom sahobalarining oldilariga chiqib, «Ar-Rohman» surasini avvalidan oxirigacha oʻqib berganlarida ular jim qolibdilar. Shunda Paygʻambar alayhissalom: «Jinlar bilan uchrashgan kechamda ham ushbu surani oʻqib berganimda, ular sizlardan koʻra yaxshi javob bergan edilar. Har qachon, «Fa bi ayyi alaai rabbikuma tukazzibaan»ni oʻqiganimda: «Ey robbimiz, biz Sening neʼmatlaringdan hech birini yolgʻon demaymiz, Oʻzingga shukr», deb turdilar», deb aytdilar».

Alloh taolo Oʻz neʼmatlarining zikrini davom ettirib, insonni ham jinni ham Oʻzi yaratganini yana bir bor taʼkidlaydi.