خَلَقَ ٱلْإِنسَـٰنَ مِن صَلْصَـٰلٍ كَٱلْفَخَّارِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Insonni sopolga o`xshash qurigan loydan yaratdi.Инсонни сополга ўхшаш қуриган лойдан яратди.Alauddin Mansour: U zot insonni (yani, Odam alayhissalomni) sopol kabi qurigan qora loydan yaratdi.У зот инсонни (яьни, Одам алайҳиссаломни) сопол каби қуриган қора лойдан яратди.
Bu oyatda «insonni» deganda Otamiz Odam alayhissalom nazarda tutilyapti. «Qurigan loy» deb tarjima qilgan iboramiz oyatda «solsol» deb kelgan. U ham loyning qotib, chertsa ovoz chiqaradigan boʻlib qolgan holiga aytiladi. Ushbu oyatda zikr qilingan holat Alloh taolo Otamiz Odam alayhisalomni yaratishining turli bosqichlaridan biridir. Tuproqdan loy qilinib, uni odam shakliga keltirib, soʻngra ruh kiritilgan. Qurʼon taʼkidlashicha, insonni yoʻqdan bor qilgan Zot uni tuproqdan yaratgandir. Hozirgi zamon ilmi ham buni tasdiqlamoqda. Ilmiy tajribalardan maʼlum boʻlishicha, tuproqda qanday moddalar boʻlsa, inson jismida ham oʻsha moddalar bor ekan. Tuproqda karbon, kislorod, fosfor, azot, kalsiy, xlor, temir, mis, yoʻd kabi yigirma xil modda bor boʻlsa, xuddi shu moddalar inson jismida ham bor. Tuproqdan borliqning eng ulkan moʻʼjizalardan biri boʻlgan insonni, uning fikri, ruhi, his- tuygʻulari, asablari va hozirgacha insonning oʻzi ham tushunib yetmagan ajoyibotlari bilan kim yarata oladi? Darvinmi yoki Marksmi? Bu ishni faqat Rohman sifatiga ega boʻlgan qudratli Allohgina qilishi mumkin.