وَأَقِيمُوا۟ ٱلْوَزْنَ بِٱلْقِسْطِ وَلَا تُخْسِرُوا۟ ٱلْمِيزَانَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Adolat ila o`lchang va tarozudan urib qolmang.Адолат ила ўлчанг ва тарозудан уриб қолманг.Alauddin Mansour: (Ey insonlar, oʻzaro oldi-berdi muomalalaringizda) toʻgʻri, adolat bilan tortinglar va tarozidan urib qolmanglar!(Эй инсонлар, ўзаро олди-берди муомалаларингизда) тўғри, адолат билан тортинглар ва тарозидан уриб қолманглар!
Aslida, mazkur uch oyatdagi «adolat», «tarozu», «oʻlchov» soʻzlari umumiy maʼnolarni ifoda qiladi. Ayni chogʻda, bu soʻzlar bizning tor tushunchamizdagi moddiy oʻlchov maʼnosini ham oʻz ichiga oladi. Dunyodagi hamma narsani oʻziga xos ilohiy oʻlchov bilan yaratgan Alloh taolo dunyodagi barcha insoniy tushuncha va munosabatlarni ilohiy adolat oʻlchovi ila tarozuga solishni talab qilmoqda. Bu talab esa, Qurʼoni Karim taʼlimoti va Islom shariati asosida amalga oshadi.
Osmon zikrini tugatgandan soʻng Alloh taolo endi eʼtiborimizni yerga tortadi.