أَلَّا تَطْغَوْا۟ فِى ٱلْمِيزَانِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mezonda haddingizdan oshmasligingiz uchun.Мезонда ҳаддингиздан ошмаслигингиз учун.Alauddin Mansour: Sizlar tosh-tarozida tugʻyonga tushmasliklaringiz (yaʼni, oʻzgalarga zulm qilmasliklaringiz) uchun (mezon-tarozini oʻrnatdi).Сизлар тош-тарозида туғёнга тушмасликларингиз (яъни, ўзгаларга зулм қилмасликларингиз) учун (мезон-тарозини ўрнатди).
Inson, ilmning baland choʻqqilariga chiqdim deb maqtangani bilan, haligacha osmon chegarasini anglab ololgani yoʻq. Osmonlarda Alloh yaratib qoʻygan millionlab ulkan jismlarni sanab oxiriga yetgani ham yoʻq. Oy sayin yangi yulduz kashf qilinganining xabarini eshitib turibmiz. Ularning hammasi ham butun olam tarbiyachisi boʻlmish Alloh taologa sajda qilib turibdi. Bularning hammasini Rohman sifatli Alloh yaratmagan boʻlsa, kim yaratgan?!
Shunday ulkan yaratuvchi Zot haq va adolat tarozusini ham oʻrnatdi.
Agar ushbu tarozuni Alloh taoloning Oʻzi Islom dini, Qurʼon kitobi, Paygʻambari Muhammad alayhissalom orqali oʻrnatmaganida, adolat mezoni buzilardi, haqdan botil ustun kelardi. Kuchli kuchsizni istagan koʻyiga solardi. Yer yuzini fisqu fasod bosardi.