QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят7

وَٱلسَّمَآءَ رَفَعَهَا وَوَضَعَ ٱلْمِيزَانَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonni baland ko`tardi va (adolat) tarozuni o`rnatdi.Осмонни баланд кўтарди ва (адолат) тарозуни ўрнатди.Alauddin Mansour: U zot osmonni baland qilib qoʻydi va mezon-tarozini oʻrnatdi.У зот осмонни баланд қилиб қўйди ва мезон-тарозини ўрнатди.

531-sahifa · 27-juz · 54-hizb531-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلسَّمَآءَva osmonniва осмонниرَفَعَهَاuni baland koʻtardiуни баланд кўтардиوَوَضَعَva oʻrnatdiва ўрнатдиٱلْمِيزَانَtarozuniтарозуни
TafsirТафсир

Inson, ilmning baland choʻqqilariga chiqdim deb maqtangani bilan, haligacha osmon chegarasini anglab ololgani yoʻq. Osmonlarda Alloh yaratib qoʻygan millionlab ulkan jismlarni sanab oxiriga yetgani ham yoʻq. Oy sayin yangi yulduz kashf qilinganining xabarini eshitib turibmiz. Ularning hammasi ham butun olam tarbiyachisi boʻlmish Alloh taologa sajda qilib turibdi. Bularning hammasini Rohman sifatli Alloh yaratmagan boʻlsa, kim yaratgan?!

Shunday ulkan yaratuvchi Zot haq va adolat tarozusini ham oʻrnatdi.

Agar ushbu tarozuni Alloh taoloning Oʻzi Islom dini, Qurʼon kitobi, Paygʻambari Muhammad alayhissalom orqali oʻrnatmaganida, adolat mezoni buzilardi, haqdan botil ustun kelardi. Kuchli kuchsizni istagan koʻyiga solardi. Yer yuzini fisqu fasod bosardi.