وَٱلنَّجْمُ وَٱلشَّجَرُ يَسْجُدَانِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`t-o`lan ham, daraxtlar ham sajda qilurlar.Ўт-ўлан ҳам, дарахтлар ҳам сажда қилурлар.Alauddin Mansour: Oʻt-oʻlan ham, dov-daraxt ham (yolgʻiz Allohga) sajda qilur — boʻyinsunur.Ўт-ўлан ҳам, дов-дарахт ҳам (ёлғиз Аллоҳга) сажда қилур — бўйинсунур.
Avvalgi oyatda borliqdagi hisob va oʻlchovda aniqlikka ishora qilingan edi. Bu oyatda Alloh yaratgan narsalarning hammasi Uning Oʻziga boʻysunishiga, U zotning itoatidan chiqmasligiga ishora qilinmoqda. Dunyodagi jonliyu jonsiz barcha narsa Allohning irodasidan tashqari chiqa olmasligi, hammasi Robbul olamiynga bogʻliq ekani taʼkidlanmoqda. Bu oyat borliqni xuddi yagona jonli vujud kabi tasvirlaydi. Inson Alloh taologa boʻysunganining, Uning amrida bardavom ekanining dalili sifatida sajda qilar ekan, demak, boshqa narsalarning boʻysunishi ham sajda bilan ifoda qilinyapti. Boshqa oyatlarda: osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohga tasbih aytadi, ammo sizlar ularning tasbihini fahmlamaysizlar, degan maʼnolar kelgan. Bu, ulkan haqiqat boʻlib, faqat nodon kishilargina uni tushunib yetmaydilar. Tushunganlarida ibodatsiz-eʼtiqodsiz boʻlmas edilar.