QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят5

ٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ بِحُسْبَانٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Quyosh va oy hisobdadir.Қуёш ва ой ҳисобдадир.Alauddin Mansour: Quyosh ham, oy ham (aniq) hisob-oʻlchov bilan (joriy boʻlur).Қуёш ҳам, ой ҳам (аниқ) ҳисоб-ўлчов билан (жорий бўлур).

531-sahifa · 27-juz · 54-hizb531-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلشَّمْسُquyoshқуёшوَٱلْقَمَرُva oyва ойبِحُسْبَانٍۢhisob ila (aniq oʻlchovda)ҳисоб ила (аниқ ўлчовда)
TafsirТафсир

Yaʼni, quyosh va oy barcha jihatdan–hajmi, harakati, joylashishi, ulardagi moddalar va boshqa jihatlardan hisob-kitobli, oʻlchovlidir.

Quyosh yerdan toʻqson ikki yarim million mil uzoqdadir. Agar ushbu masofadan ozgina yaqin boʻlsa, yer yonib yoki erib ketishi kerak edi. Aksincha, sal uzoq boʻlsa, yer muzlab, ikkala holda ham undan asar qolmas edi. Quyoshning bizga yetib kelayotgan harorati, uning mukammal haroratining ikki milliondan biri, xolos. Shugina harorat bizning hayotimizga zarur ekan, shugina kelyapti. Undan ortiq ham emas, kam ham emas.

Shuningdek, oyning hajmi va yerdan uzoqlik masofasi sal oʻzgarsa, yer yuzi ostin-ustin boʻlib ketishi mumkin. Agar oyning hajmi hozirgisidan jindak kattaroq boʻlsa, uning tortish kuchi koʻpayib, barcha tarafda suv toshqini boʻlib, yer yuzini toʻfon bosar edi.

Oy bilan quyoshni insonning yashashi uchun qulay va foydali qilib bergan zot kim? Bunday ulkan yumushni Rohman sifatli Alloh bajarmasa, boshqa kim ham qila olar edi.