عَلَّمَهُ ٱلْبَيَانَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unga bayonni o`rgatdi.Унга баённи ўргатди.Alauddin Mansour: Va unga (dilidagi maqsadini bayon eta olishi uchun) bayonni (nutqni) taʼlim berdi.Ва унга (дилидаги мақсадини баён эта олиши учун) баённи (нутқни) таълим берди.
Rohman Oʻzi yaratgan insonga nutqni, gapirishni oʻrgatdi. Nutq, bayon qilish qobiliyati Alloh taolo insonga bergan ulkan neʼmatlardan biridir. Aynan ushbu neʼmat bilan inson oʻzga jonzotlardan ajrab turadi. Ularning ustidan oʻz hukmini oʻtkazadi. Inson Alloh yerda yaratgan jonzotlar ichida mukammal ovoz chiqaradigan yagona jonzotdir.
Boshqa jonzotlarning ovozi asosan taqlidiydir va ham fikrsizdir. Inson turli tovushlardan soʻz, soʻzlardan jumlalar tuzadi va jumlalardan nutq qiladi. Dunyo xalqlarining turli tillaridan million-millionlab jumlalar tuziladi. Bayon qilish neʼmati insonning oʻz his-tuygʻularini, xotiralarini, taassurotlarini gap orqali ifoda etish qobiliyatidir.
Biz har kuni, har lahzada gapiraverib, bunga odatiy bir narsaday oʻrganib qolganmiz. Lekin tafakkur qilib koʻrsak, nutq, ovoz chiqarish nihoyatda murakkab, nozik bir jarayon ekani maʼlum boʻladi. Bu jarayonda insonning aqliyu ruhidan tortib, kichik pay yoki tomirlarigacha ishtirok etadi. Shulardan birortasi oʻz vazifasini ozgina bajara olmay qolsa, nutq mukammal boʻlmaydi. Ovozning xilma-xilligi, bayon qilish, gapirishning turli-tumanligi hammasi ulkan moʻʼjizadir. Bunday neʼmatni ulugʻ Alloh bermasa, kim beradi! Shuning uchun, boshqa neʼmatlar qatori bu neʼmatga ham shukr qilmoq lozim. Alloh taolo Qurʼonni oʻrgatish va bayonni oʻrgatish neʼmatlari orasida insonning yaratilishini zikr qildi. Bunda insonning oʻrganishga boʻlgan qobiliyati asosiy belgilardan biri ekani va oʻrganiladigan narsalarning eng muhimi Qurʼon ekaniga ishora bordir.
Soʻngra, Allohning ulugʻligiga dalolat qiluvchi maxluqotlarning zikri keladi.