QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят20

بَيْنَهُمَا بَرْزَخٌ لَّا يَبْغِيَانِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`rtalaridagi to`siqdan oshib o`tolmaslar.Ўрталаридаги тўсиқдан ошиб ўтолмаслар.Alauddin Mansour: (Ammo) u ikkisining oʻrtalarida bir toʻsiq boʻlib, ular (oʻsha toʻsiqdan) oshib oʻtmaslar.(Аммо) у иккисининг ўрталарида бир тўсиқ бўлиб, улар (ўша тўсиқдан) ошиб ўтмаслар.

532-sahifa · 27-juz · 54-hizb532-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
بَيْنَهُمَاoʻrtalaridaўрталаридаبَرْزَخٌۭtoʻsiq borтўсиқ борلَّاemasэмасيَبْغِيَانِoshib oʻturlarошиб ўтурлар
TafsirТафсир

Yaʼni, shoʻr dengiz bilan chuchuk suvli daryo oʻrtasida bir toʻsiq boʻlib, ular bir-birlariga aralashib ketmaydi. Haqiqatan ham, daryolarning suvi dengizlarga tinmay quyilib turishiga qaramay, dengizning suvi chuchuk boʻlib, daryoning suvi shoʻr boʻlib qolmaydi. Dengiz ilmi bilan shugʻullanuvchi olimlar aniqlashlaricha, ikkisining orasida maʼlum chiziq boʻlib, shoʻr yoki chuchuk suvlar oʻsha chiziqdan na u yoqqa, na bu yoqqa oʻta olishar ekan.

Arab olimlaridan doktor Muhammad Mutavallining taʼkidlashlaricha, Fors koʻrfazida dengiz ostidan chuchuk suvli buloqlar kuch bilan otilib chiqar ekan. Olimlar tekshirish oʻtkazganlarida, oʻsha buloqlarning suvi dengizning shoʻr suviga hech aralashmasdan yuqoriga otilib chiqishi maʼlum boʻldi. U buloqlar «Koʻkbod» nomi ila mashhur boʻlib, gʻovvoslar ichib, foydalanishar ekan. Shoʻr suvli dengiz oʻrtasida shirin suvning otilib chiqib, shoʻr suvga aralashib ketmasligi moʻʼjizasi ushbu oyatda zikr qilingan holatni yana bir tasdiqlaydi. Bu haqida mutaxassis olimlar hujjat va dalil bilan koʻpgina ilmiy asarlar yozganlar.

Yer yuzidagi shoʻr va chuchuk suvlarning daryoyu dengizlarga boʻlinib, miqdorlari hozirgi oʻlchovlarda muvofiq kelib qolishi oʻz- oʻzidan, bekordan-bekorga boʻlib qolganmikan? Avvalo, biror tomchi suv yaratishga qodir zot bormikan?! Yoʻq, albatta. Faqat Rohman sifatli Allohgina bu ulugʻ neʼmatni berishga qodir.

Agar hozirgi suvning hajmi yer kurrasining toʻrtdan uch qismini egallamasa, boʻlarmidi, suvning koʻpi shoʻr boʻlmasa-chi? Yoʻq, boʻlmasdi. Hamma yoq sasib ketardi. Yerni tozalab, turli zaharli gazlarni hazm qilib turgan narsa ushbu shoʻr suv emasmi? Va hokazolar. Bularning hammasini jonzot uchun, xususan, inson uchun foydali qilib bergan Rohman sifatli Alloh taolo emasmi?!