فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!Бас, Роббингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея олурсиз?!Alauddin Mansour: Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursizlar?!Бас, (эй инсонлар ва жинлар), Парвардигорингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея олурсизлар?!
Yaʼni, bu ikki suvdan daryo va dengizdan luʼluʼ va marjon chiqadi. Luʼluʼ dengizdagi sonsiz-sanoqsiz ajoyibotlardan biridir. U, dengizning eng qaʼrida, sadafning ichida, turli xavf-xatarlardan saqlangan holda boʻladi. U bir hayvon boʻlib, oʻzining tuzilishi va hayot tarzi bilan boshqa jonivorlarning barchasidan ajralib turadi. Uning luʼluʼga aylanish jarayoni ham ajoyib. Mazkur hayvonning ovchining toʻriga oʻxshash nozik toʻri boʻlib, qorniga suvning tozalanib kirishini taʼminlaydi. Oʻsha toʻrning ostida hayvonning ogʻizlari, har bir ogʻizning toʻrttadan labi bor. Agar qum yoki mayda tosh yoki zararli jajji hayvon sadaf ichiga kirsa, haligi hayvon oʻzidan yopishqoq modda chiqara boshlaydi va kirgan narsani u bilan qoplaydi. Soʻngra bular bari birgalikda qotib luʼluʼga aylanadi. Marjon hayvoni ham xuddi shunday holatdadir. Ushbu dengiz neʼmatlarini Rohman sifatli Alloh bermasa, kim beradi?!