يَـٰمَعْشَرَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ إِنِ ٱسْتَطَعْتُمْ أَن تَنفُذُوا۟ مِنْ أَقْطَارِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ فَٱنفُذُوا۟ ۚ لَا تَنفُذُونَ إِلَّا بِسُلْطَـٰنٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, jin va ins jamoalari, agar siz osmonlaru yer chegaralaridan chiqib ketishga qodir bo`lsalaringiz, chiqaveringlar. Faqat, sulton ila chiqa olursiz, xolos.Эй, жин ва инс жамоалари, агар сиз осмонлару ер чегараларидан чиқиб кетишга қодир бўлсаларингиз, чиқаверинглар. Фақат, султон ила чиқа олурсиз, холос.Alauddin Mansour: Ey jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va Yer chegaralaridan oʻtib ketishga qodir boʻlsangizlar, u holda oʻtib ketaveringlar! Sizlar faqat kuch-qudrat bilangina oʻta olursizlar, (lekin u Kunda sizlarda hech qanday kuch-qudrat boʻlmas)!Эй жин ва инс жамоаси! Агар сизлар (Аллоҳнинг жазосидан қочиб) осмонлар ва Ер чегараларидан ўтиб кетишга қодир бўлсангизлар, у ҳолда ўтиб кетаверинглар! Сизлар фақат куч-қудрат билангина ўта олурсизлар, (лекин у Кунда сизларда ҳеч қандай куч-қудрат бўлмас)!
Bu oyati karimada, avvalo, jin va insonning imkoniyatlari chegaralangani, Allohning yordamisiz biror ish qila olmasliklari ularga eslatilmoqda. «Sulton» soʻzi quvvat, mulk, hujjat, ilm, gʻolib maʼnolarini anglatadi.
Baʼzi ulamolar «ilm» maʼnosini olgan ekanlar.
Shunda bu oyat hozirgi zamondagi fazoni zabt etish, oy va boshqa sayyoralarni oʻrganish ishlariga dalil boʻladi.
Yaʼni, osmonlaru yer chegaralaridan chiqib ketishga faqatgina ilm bilan qodir boʻlursiz, degan maʼno chiqadi.