QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят60

هَلْ جَزَآءُ ٱلْإِحْسَـٰنِ إِلَّا ٱلْإِحْسَـٰنُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ehsonning mukofoti faqat ehsondir.Эҳсоннинг мукофоти фақат эҳсондир.Alauddin Mansour: Ehson-yaxshilikning jazosi-mukofoti faqat yaxshiliqdir.Эҳсон-яхшиликнинг жазоси-мукофоти фақат яхшилиқдир.

533-sahifa · 27-juz · 54-hizb533-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هَلْbormiбормиجَزَآءُmukofotiмукофотиٱلْإِحْسَـٰنِehsonningэҳсоннингإِلَّاmagar (faqat)магар (фақат)ٱلْإِحْسَـٰنُehsondirэҳсондир
TafsirТафсир

Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir. Bu oyatdagi birinchi zikr etilgan ehson bandadan boʻlib, ikkinchisi Allohdandir. Bandadan boʻladigan ehson Alloh taoloning toat-ibodatida sobitqadam boʻlishlik bilan yuzaga chiqsa, Allohning ehsoni oʻsha bandani jannatga kiritish bilan boʻladi.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom: «Ehson–Allohga xuddi Uni koʻrib turgandek, agar sen Uni koʻrmasang, albatta, U seni koʻrib turganidek ibodat qilmogʻingdir», deganlar.

Demak, moʻmin kishi har lahzada, har harakat va sakanotda Alloh taoloning nazaridan chetda qolmasligiga toʻla ishongan holda yashamogʻi, shundan kelib chiqqan holda oʻzini tutmogʻi zarur.