QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ar-Rahman surasi · Oyatсураси · Оят61

فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكُمَا تُكَذِّبَانِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Robbingizning qaysi ne'matlarini yolg`on deya olursiz?!Бас, Роббингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея олурсиз?!Alauddin Mansour: Bas, (ey insonlar va jinlar), Parvardigoringizning qaysi neʼmatlarini yolgʻon deya olursizlar?!Бас, (эй инсонлар ва жинлар), Парвардигорингизнинг қайси неъматларини ёлғон дея олурсизлар?!

533-sahifa · 27-juz · 54-hizb533-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَبِأَىِّbas, qaysiбас, қайсиءَالَآءِneʼmatlariniнеъматлариниرَبِّكُمَاRobbingizningРоббингизнингتُكَذِّبَانِikkingiz yolgʻon deya olursizиккингиз ёлғон дея олурсиз
TafsirТафсир

Yuqoridagi oyatlarda ikki jannat va ulardagi holatlar haqida soʻz ketdi. Lekin bundan «jannat ikkita ekan» degan fikrga kelmaslik kerak. Ikki jannatdan murod jannatning ichida baʼzi kishilarni alohida taqdirlab beriladigan bogʻlardir. Chunki, arab tilida bogʻni ham «jannat» deyiladi. Shuningdek, jannatning ichida turli maqomlar bor. Yaʼni, oliy maqomlar, oʻrtaroq maqomlar va quyi maqomlar bor. Bu haqida «Voqiʼa» surasida soʻz ketadi.

«Ar-Rohman» surasining kelasi oyatlarida ham yuqorida zikr qilingan oliy maqom jannatlardan koʻra martabasi quyi jannatlar va ularda boʻlmish noz-neʼmatlar haqida soʻz ketadi.