QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят17

يَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَٰنٌ مُّخَلَّدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Atroflarida mangu yosh yigitlar aylanib yururlar.Атрофларида мангу ёш йигитлар айланиб юрурлар.Alauddin Mansour: Ustlarida esa mangu yosh (yaʼni, hech qarimaydigan) bolalar (qadahlarni) aylantirib tururlar.Устларида эса мангу ёш (яъни, ҳеч қаримайдиган) болалар (қадаҳларни) айлантириб турурлар.

535-sahifa · 27-juz · 54-hizb535-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَطُوفُaylanib yururlarайланиб юрурларعَلَيْهِمْatroflaridaатрофларидаوِلْدَٰنٌۭyosh yigitlarёш йигитларمُّخَلَّدُونَmanguмангу
TafsirТафсир

Xizmatda mangu yosh yigitlar boʻlishi ham rohat ustiga rohatdir. Jannat ahli yuqoridagi oyatlarda vasf qilinganidek holda boʻlganlarida ularga mangu yosh, hech qarimaydigan yigitlar xizmatda boʻlar ekan. Oʻsha yigitlarning vazifasi jannatiylarga oqar chashma mayi toʻlatilgan qadahlar, koʻzalar va kosalarda jannat sharobi tutish ekan.

Odatda, bu dunyoda may ichgan kimsalar mast boʻlib, noqulay holatlarga tushadilar, boshlari ogʻrib, koʻngillari ayniydi va hokazo boshqa holatlar sodir boʻladi. Jannatdagi may ichilganda mazkur holatlar roʻy bermaydi. Buni quyidagi oyatdan bilamiz.