بِأَكْوَابٍ وَأَبَارِيقَ وَكَأْسٍ مِّن مَّعِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oqar chashma mayi to`latilgan qadahlar, ko`zalar va kosalar bilan.Оқар чашма майи тўлатилган қадаҳлар, кўзалар ва косалар билан.Alauddin Mansour: Oqar chashmadan (mayli) qadahlarni, koʻzalarni va kosalarni (aylantirib tururlar).Оқар чашмадан (майли) қадаҳларни, кўзаларни ва косаларни (айлантириб турурлар).
Xizmatda mangu yosh yigitlar boʻlishi ham rohat ustiga rohatdir. Jannat ahli yuqoridagi oyatlarda vasf qilinganidek holda boʻlganlarida ularga mangu yosh, hech qarimaydigan yigitlar xizmatda boʻlar ekan. Oʻsha yigitlarning vazifasi jannatiylarga oqar chashma mayi toʻlatilgan qadahlar, koʻzalar va kosalarda jannat sharobi tutish ekan.
Odatda, bu dunyoda may ichgan kimsalar mast boʻlib, noqulay holatlarga tushadilar, boshlari ogʻrib, koʻngillari ayniydi va hokazo boshqa holatlar sodir boʻladi. Jannatdagi may ichilganda mazkur holatlar roʻy bermaydi. Buni quyidagi oyatdan bilamiz.