Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят20
وَفَـٰكِهَةٍ مِّمَّا يَتَخَيَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va xohlagan mevalarini olib.Ва хоҳлаган меваларини олиб.Alauddin Mansour: Yana oʻzlari tanlab oladigan meva-cheva;Яна ўзлари танлаб оладиган мева-чева;
535-sahifa · 27-juz · 54-hizb535-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَفَـٰكِهَةٍۢva mevalarва меваларمِّمَّاshulardanшуларданيَتَخَيَّرُونَular xohlab tanlaganулар хоҳлаб танлаган
TafsirТафсир
Jannatning oliy martabalariga sazovor boʻlgan peshqadamlarga xizmat qiluvchi yigitlar ularning atroflarida nafaqat sharob, balki, ular ixtiyor qiladigan mevalarni va ishtahalari tusagan qush goʻshtlarini ham olib aylanib yurar ekanlar. Peshqadam jannatiylar ulardan xohlaganlarini olib tanovul qilar ekanlar.
Mazkur narsalar bu dunyoda ham rohat-farogʻat dalolati hisoblanadi. Aslida, jannat neʼmatlari bu dunyonikidan tubdan farq qiladi. Jannatdagi peshqadamlarga beriladigan neʼmatlar zikri davom etadi: