QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят21

وَلَحْمِ طَيْرٍ مِّمَّا يَشْتَهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ishtahalari tusagan qush go`shtini olib (aylanib yurarlar).Иштаҳалари тусаган қуш гўштини олиб (айланиб юрарлар).Alauddin Mansour: Hamda ishtahalari tortgan qush goʻshtlari ham (aylantirib turilur).Ҳамда иштаҳалари тортган қуш гўштлари ҳам (айлантириб турилур).

535-sahifa · 27-juz · 54-hizb535-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَحْمِva goʻshtiва гўштиطَيْرٍۢqushқушمِّمَّاshulardanшуларданيَشْتَهُونَishtahalari tusaganиштаҳалари тусаган
TafsirТафсир

Jannatning oliy martabalariga sazovor boʻlgan peshqadamlarga xizmat qiluvchi yigitlar ularning atroflarida nafaqat sharob, balki, ular ixtiyor qiladigan mevalarni va ishtahalari tusagan qush goʻshtlarini ham olib aylanib yurar ekanlar. Peshqadam jannatiylar ulardan xohlaganlarini olib tanovul qilar ekanlar.

Mazkur narsalar bu dunyoda ham rohat-farogʻat dalolati hisoblanadi. Aslida, jannat neʼmatlari bu dunyonikidan tubdan farq qiladi. Jannatdagi peshqadamlarga beriladigan neʼmatlar zikri davom etadi: