QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят52

لَـَٔاكِلُونَ مِن شَجَرٍ مِّن زَقُّومٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, zaqqum daraxtidan yeyuvchisizlar.Албатта, заққум дарахтидан еювчисизлар.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, (jahannamning oʻrtasida oʻsadigan) Zaqqum daraxtidan yeguvchiШак-шубҳасиз, (жаҳаннамнинг ўртасида ўсадиган) Заққум дарахтидан егувчи

536-sahifa · 27-juz · 54-hizb536-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَـَٔاكِلُونَalbatta yeyuvchisizlarалбатта еювчисизларمِن-dan-данشَجَرٍۢdaraxtдарахтمِّن-dan-данزَقُّومٍۢzaqqumзаққум
TafsirТафсир

Oʻsha mashʼum kunda, siz, adashganlar va yolgʻonga chiqaruvchilar, Zaqqum nomli daraxtdan yeysizlar, yeganda ham, qorinlarni toʻlgʻazib yeysizlar.

Zaqqum daraxti qandoq ekanini hech kim aniq bilmaydi. Lekin yaxshi narsa emasligi hammaga maʼlum. Shuning uchun, umuman achchiq, yoqimsiz narsalarni «zaqqum» deyishlik odat tusiga kirib ketgan. Boshqa bir oyatda zaqqum daraxtining mevasi shaytonning kallasiga oʻxshashligi aytilgan. Shaytonni ham hech kim koʻrmagan. Lekin uning eng xunuk, eng yomon narsa ekanini hamma biladi. Demak, doʻzaxiylarning taomi eng achchiq, eng xunuk, eng yomon narsa ekan. Ular shu darajada och qolar ekanki, yomonlik, xunuklik va achchiqlikda tengi yoʻq ushbu narsadan qorinlarini toʻldirib olar ekanlar. Azob ustiga azob, qiynoq ustiga qiynoq.

Albatta, qorin achchiq narsaga toʻygandan soʻng kishi biron narsa ichib, ogʻizdagi achchiqni, qorindagi ogʻriqni bostirgisi keladi. Shunda bu gumrohlarga nima beriladi?