QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Waqi'ah surasi · Oyatсураси · Оят53

فَمَالِـُٔونَ مِنْهَا ٱلْبُطُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, undan qorinlarni to`ldiruvchisizlar.Бас, ундан қоринларни тўлдирувчисизлар.Alauddin Mansour: — undan qorinlaringizni toʻldirguvchidirsizlar.— ундан қоринларингизни тўлдиргувчидирсизлар.

536-sahifa · 27-juz · 54-hizb536-саҳифа · 27-жуз · 54-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَالِـُٔونَbas, toʻldiruvchisizlarбас, тўлдирувчисизларمِنْهَاundanунданٱلْبُطُونَqorinlarniқоринларни
TafsirТафсир

Oʻsha mashʼum kunda, siz, adashganlar va yolgʻonga chiqaruvchilar, Zaqqum nomli daraxtdan yeysizlar, yeganda ham, qorinlarni toʻlgʻazib yeysizlar.

Zaqqum daraxti qandoq ekanini hech kim aniq bilmaydi. Lekin yaxshi narsa emasligi hammaga maʼlum. Shuning uchun, umuman achchiq, yoqimsiz narsalarni «zaqqum» deyishlik odat tusiga kirib ketgan. Boshqa bir oyatda zaqqum daraxtining mevasi shaytonning kallasiga oʻxshashligi aytilgan. Shaytonni ham hech kim koʻrmagan. Lekin uning eng xunuk, eng yomon narsa ekanini hamma biladi. Demak, doʻzaxiylarning taomi eng achchiq, eng xunuk, eng yomon narsa ekan. Ular shu darajada och qolar ekanki, yomonlik, xunuklik va achchiqlikda tengi yoʻq ushbu narsadan qorinlarini toʻldirib olar ekanlar. Azob ustiga azob, qiynoq ustiga qiynoq.

Albatta, qorin achchiq narsaga toʻygandan soʻng kishi biron narsa ichib, ogʻizdagi achchiqni, qorindagi ogʻriqni bostirgisi keladi. Shunda bu gumrohlarga nima beriladi?