لَّا يَمَسُّهُۥٓ إِلَّا ٱلْمُطَهَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni faqat poklanganlargina ushlaydir.Уни фақат покланганларгина ушлайдир.Alauddin Mansour: Uni faqat tahoratli — pok kishilargina ushlarlar.Уни фақат таҳоратли — пок кишиларгина ушларлар.
Yaʼni, Qurʼoni Karimni ham moddiy, ham maʼnaviy jihatdan turli noloyiq narsalardan Alloh tomonidan poklangan farishtalargina ushlaydilar. Boshqalar ushlay olmaydilar. Shuningdek, Qurʼoni Karimni janobatdan va kichik nopokliklardan tozalanib, gʻusl va tahorat qilgan moʻmin-musulmonlargina ushlaydilar. Qurʼoni Karimni ushlash uchun tahoratli boʻlish vojibligi haqidagi hukm ushbu oyati karimadan olingan.
Ushbu oyati karimaning maʼnosi ham, hukmi ham Qurʼoni Karim Allohning nazdida qanchalik ulugʻ eʼtiborga sazovor ekanini yaqqol koʻrsatadi.