إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَهُوَ أَعْلَمُ بِٱلْمُهْتَدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Robbing O`zi kim Uning yo`lidan adashganini biluvchidur va U hidoyatda yuruvchilarni ham biluvchidur.Албатта, Роббинг Ўзи ким Унинг йўлидан адашганини билувчидур ва У ҳидоятда юрувчиларни ҳам билувчидур.Alauddin Mansour: Albatta Parvardigoringizning Oʻzi Uning yoʻlidan ozgan kimsalarni juda yaxshi bilguvchidir va U hidoyat topguvchilarni ham juda yaxshi bilguvchidir.Албатта Парвардигорингизнинг Ўзи Унинг йўлидан озган кимсаларни жуда яхши билгувчидир ва У ҳидоят топгувчиларни ҳам жуда яхши билгувчидир.
Bu uch oyatda Alloh taolo Oʻz habibiga xitob qilib aytadiki, mushriklarning har xil gaplariga xafa boʻlma, tezda sen ham, ular ham kim majnunligini koʻrasizlar. Albatta, mushriklar nima desa, deyaversinlar, kim adashib yuribdiyu kim toʻgʻri yoʻldan boryapti– Robbing hamma narsani bilib turibdi.
Kelasi oyatda esa, Alloh taolo Oʻz Paygʻambarini iymonsizlarga ergashmaslikka va yomon xulqlarga itoat qilmaslikka chorlaydi.