QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ma'arij surasi · Oyatсураси · Оят30

إِلَّا عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِهِمْ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Illo, o`z xotinlari yoki mulki bo`lganlardan (saqlamasalar), albatta ular malomat qilinmasdir.Илло, ўз хотинлари ёки мулки бўлганлардан (сақламасалар), албатта улар маломат қилинмасдир.Alauddin Mansour: Magar oʻz jufti halollaridan va qoʻllaridagi choʻrilaridangina (saqlanmaydilar). Bas, ular malomat qilinmaslar.Магар ўз жуфти ҳалолларидан ва қўлларидаги чўриларидангина (сақланмайдилар). Бас, улар маломат қилинмаслар.

569-sahifa · 29-juz · 57-hizb569-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَّاmagaram (mustasnodir)магарам (мустаснодир)عَلَىٰٓ-dan-данأَزْوَٰجِهِمْoʻz xotinlariўз хотинлариأَوْyokiёкиمَاnarsaнарсаمَلَكَتْmulk qilganмулк қилганأَيْمَـٰنُهُمْoʻng qoʻllari (choʻrilari)ўнг қўллари (чўрилари)فَإِنَّهُمْbas, albatta ularбас, албатта уларغَيْرُemasэмасمَلُومِينَmalomat qilinuvchilarмаломат қилинувчилар
TafsirТафсир

Yaʼni, moʻminlar jufti halollaridan boshqalar bilan hech jinsiy yaqinlik qilmaydilar. Oyatda yana choʻrilari bilan ham jinsiy aloqa qilish mumkinligi zikr qilingan.

Buni shunday talqin qilinadi.

Islom qulchilikni tugatishga harakat qildi, urushlardagi asirlar bundan mustasnodir. Chunki, Islom avvalida dushman taraf musulmonlarni asir olib, qul etar ekan, musulmonlar ham shundoq etishga majbur boʻlardi, shu jumladan, ayollar ham asir olinardi. Islom asirga tushgan ayollarning har kimning qoʻlida yurishini manʼ qildi. Alloh taolo asirning faqat bir kishiga xos boʻlishini taʼkidladi. Shu bilan ularning ozod boʻlishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Bu haqda avval batafsil soʻz yuritilgan.