وَٱلَّذِينَ هُمْ لِأَمَـٰنَـٰتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَٰعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qiladiganlardir.Улар омонатларига ва аҳдларига риоя қиладиганлардир.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, moʻmin-musulmonlar) oʻzlariga ishonilgan omonatlarga va (oʻzgalarga) bergan ahd-paymonlariga rioya qilguvchi zotlardir.Улар (яъни, мўмин-мусулмонлар) ўзларига ишонилган омонатларга ва (ўзгаларга) берган аҳд-паймонларига риоя қилгувчи зотлардир.
Moʻminlarning fazilatlari vasfi davom etmoqda. Ularning yaxshi sifatlaridan yana biri, omonatga xiyonat qilmaslik va ahdga vafo qilishlikdir. Omonat ham, ahd ham ikki xil boʻladi. Alloh taolo bilan bandaning oʻrtasida va banda bilan bandaning oʻrtasida.
Alloh taolo bilan banda oʻrtasidagi omonatga shariatga amal qilish va din hukmlarini mahkam tutishlik kiradi.
Banda bilan banda oʻrtasidagi omonatga esa, bir-biriga ishonib topshirilgan narsalar, aytilgan sirli gaplar va boshqa narsalar kiradi.
Alloh taolo bilan banda oʻrtasidagi ahdga banda oʻz ixtiyori ila Alloh taolo yoʻlida deb ahd qilgan ishlar, atagan nazrlar va boshqa narsalar ham kiradi.
Banda bilan banda oʻrtasidagi ahdga ularning oʻzaro tuzgan shartnoma va kelishuvlari ham kiradi. Moʻminlar iymonga kelgan dastlabki kundanoq doimo omonat va ahdlarning rioyasini qildilar, ularning bu vasfi Qurʼoni Karimning boshqa oyatlarida va Paygʻambar alayhissalomning hadislarida bayon qilingan.