QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ma'arij surasi · Oyatсураси · Оят36

فَمَالِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ قِبَلَكَ مُهْطِعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlarga ne bo`ldiki, sen tomon bo`yin cho`zib shoshilmoqdalar?Куфр келтирганларга не бўлдики, сен томон бўйин чўзиб шошилмоқдалар?Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), bu kofir boʻlgan kimsalarga nima boʻldiki, siz tomonga chopurlar?!Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), бу кофир бўлган кимсаларга нима бўлдики, сиз томонга чопурлар?!

569-sahifa · 29-juz · 57-hizb569-саҳифа · 29-жуз · 57-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَالِbas, nima boʻldikiбас, нима бўлдикиٱلَّذِينَulargaуларгаكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганقِبَلَكَsen tomonсен томонمُهْطِعِينَboʻyin choʻzib shoshuvchilarбўйин чўзиб шошувчилар
TafsirТафсир

Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Qurʼon tilovat qilganlarida mushriklar shoshilib kelib, toʻp-toʻp boʻlib oʻtirishar va koʻz uzmay tikilib turishar edilar. Bu oyatda Alloh taolo shunga ishora qilmoqda. Ular bu ishni Qurʼoni Karimni eshitib hidoyat yoʻliga yurish uchun emas, balki Rasulullohni masxara qilish uchun, Ul zotning soʻzlarini yolgʻonga chiqarish uchun qilishardi.

Ayni paytda, musulmonlar ustidan ham kulib: «Agar manavi yalangoyoqlar u dunyoda jannatga kiradigan boʻlsa, biz albatta ulardan oldin kiramiz», deyishar edi.

Bu bilan ular oʻzlarining Quraysh qabilasi rahnamolari ekanliklarini, bu dunyoda boy-badavlat yashayotganliklari tufayli u dunyoda ham yuqori darajaga erishishlari kerakligini daʼvo qilishardi. Alloh taolo ularning bu daʼvolarini rad etib shunday deydi: