عَنِ ٱلْيَمِينِ وَعَنِ ٱلشِّمَالِ عِزِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`ng tarafdan va chap tarafdan to`p-to`p bo`lmoqdalar?Ўнг тарафдан ва чап тарафдан тўп-тўп бўлмоқдалар?Alauddin Mansour: Ular oʻng va soʻldan toʻda-toʻda boʻlib, (siz tomonga chopurlar?!)Улар ўнг ва сўлдан тўда-тўда бўлиб, (сиз томонга чопурлар?!)
Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Qurʼon tilovat qilganlarida mushriklar shoshilib kelib, toʻp-toʻp boʻlib oʻtirishar va koʻz uzmay tikilib turishar edilar. Bu oyatda Alloh taolo shunga ishora qilmoqda. Ular bu ishni Qurʼoni Karimni eshitib hidoyat yoʻliga yurish uchun emas, balki Rasulullohni masxara qilish uchun, Ul zotning soʻzlarini yolgʻonga chiqarish uchun qilishardi.
Ayni paytda, musulmonlar ustidan ham kulib: «Agar manavi yalangoyoqlar u dunyoda jannatga kiradigan boʻlsa, biz albatta ulardan oldin kiramiz», deyishar edi.
Bu bilan ular oʻzlarining Quraysh qabilasi rahnamolari ekanliklarini, bu dunyoda boy-badavlat yashayotganliklari tufayli u dunyoda ham yuqori darajaga erishishlari kerakligini daʼvo qilishardi. Alloh taolo ularning bu daʼvolarini rad etib shunday deydi: