فَلَآ أُقْسِمُ بِرَبِّ ٱلْمَشَـٰرِقِ وَٱلْمَغَـٰرِبِ إِنَّا لَقَـٰدِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mashriqlar va mag`riblar Robbisi bilan qasam ichamanki, albatta, Biz qodirmiz.Машриқлар ва мағриблар Роббиси билан қасам ичаманки, албатта, Биз қодирмиз.Alauddin Mansour: Bas, (shundoq ekan) mashriqu magʻriblarning Parvardigoriga qasam ichurmanki, shak-shubhasiz, Biz qodirdirmiz,Бас, (шундоқ экан) машриқу мағрибларнинг Парвардигорига қасам ичурманки, шак-шубҳасиз, Биз қодирдирмиз,
Alloh subhanahu va taolo Qurʼoni Karimda bir necha marotaba yer yuzidagi insonlarni nutfadan, yaʼni shahvat suvidan yaratganligiga ishora qiladi.
Takabburlik sari yuz tutgan mushriklarga qarata xitob qilingan bu oyatlarda Alloh taolo Oʻz nafsi bilan qasam ichib taʼkidlayliki, xohlasa, bu osiylarni yoʻqotib, ularning oʻrniga yaxshiroq odamlarni keltira oladi, qudrati yetarli. Lekin Allohning dargohi keng, U cheksiz mehr-muruvvatli Zot, shuning uchun ularni bu dunyoda azoblamay tek qoʻyishi mumkin. Ammo, u dunyoning azobi haqligi kelasi oyatlarda bayon qilinadi.