QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muzzammil surasi · Oyatсураси · Оят14

يَوْمَ تَرْجُفُ ٱلْأَرْضُ وَٱلْجِبَالُ وَكَانَتِ ٱلْجِبَالُ كَثِيبًا مَّهِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bir kundaki, unda yeru tog`lar larzaga keladi va tog`lar oquvchi qumtepalarga aylanadi.Бир кундаки, унда еру тоғлар ларзага келади ва тоғлар оқувчи қумтепаларга айланади.Alauddin Mansour: U Kunda Yer va togʻlar titroqqa tushar va u togʻlar toʻkilib turguvchi qumtepalarga aylanib qolur!У Кунда Ер ва тоғлар титроққа тушар ва у тоғлар тўкилиб тургувчи қумтепаларга айланиб қолур!

574-sahifa · 29-juz · 58-hizb574-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَbir kunda(ki)бир кунда(ки)تَرْجُفُlarzaga keladirларзага келадирٱلْأَرْضُyerерوَٱلْجِبَالُva togʻlarва тоғларوَكَانَتِva aylanadirва айланадирٱلْجِبَالُtogʻlarтоғларكَثِيبًۭاqumtepalargaқумтепаларгаمَّهِيلًاoquvchiоқувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, qiyomatning dahshatidan yeru togʻlar larzaga keladi, ulkan togʻlar mayda qumdan iborat tepaliklarga aylanib qoladi.

Soʻngra, Alloh taolo Muhammad alayhissalomning daʼvatlarini yolgʻonga chiqaruvchilarga tahdid ila xitob qilib aytadiki: