QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muzzammil surasi · Oyatсураси · Оят5

إِنَّا سَنُلْقِى عَلَيْكَ قَوْلًا ثَقِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz ustingga og`ir so`zni tashlarmiz.Албатта, Биз устингга оғир сўзни ташлармиз.Alauddin Mansour: Zero, Biz sizga ogʻir Soʻzni — Qurʼonni tushirajakmiz.Зеро, Биз сизга оғир Сўзни — Қуръонни туширажакмиз.

574-sahifa · 29-juz · 58-hizb574-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизسَنُلْقِىtashlarmizташлармизعَلَيْكَustinggaустинггаقَوْلًۭاsoʻzniсўзниثَقِيلًاogʻirоғир
TafsirТафсир

Yaʼni, Qurʼonni tashlaymiz, Qurʼon oʻzi yengillikka barpo qilingan, lekin u haqiqat mezonida ogʻirdir. Qalbga taʼsiri ogʻir. Boshqa bir oyatda: «Agar biz bu Qurʼonni togʻga tushirsak edi, Allohdan qoʻrqqanidan parchalanib ketganini koʻrar eding», deyilgan. Ha, masʼuliyatini ulkan togʻlar ham koʻtara olmaydigan ulkan ishni Muhammad alayhissalom koʻtarganlar.

Qurʼon oyatlarining tushish jarayoni nihoyatda ogʻir kechardi. Vahiy tushgan paytda, agar kunlar sovuq boʻlsa ham, Paygʻambar alay- hissalom terlab ketardilar, nafas olishlari tezlashardi. Sahobalardan Zayd ibn Sobit roziyallohu anhu shunday hikoya qiladilar: «Mening sonim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sonlariga tegib turgan paytda vahiy tushib qoldi, uning shiddatidan sonim yorilib ketay dedi». Agar Paygʻambarimiz alayhissalom tuyada ketayotganlarida vahiy tushib qolsa, ogʻirlikdan tuya ham yura olmay qolar ekan.