وَلَآ أُقْسِمُ بِٱلنَّفْسِ ٱللَّوَّامَةِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va malomatchi nafs bilan qasam.Ва маломатчи нафс билан қасам.Alauddin Mansour: Va Men malomatgoʻy nafsga qasam ichurmanki, (hech shak-shubhasiz, qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)!Ва Мен маломатгўй нафсга қасам ичурманки, (ҳеч шак-шубҳасиз, қайта тирилиб, ҳисоб-китоб қилинурсизлар)!
«Malomatchi nafsdan» murod moʻmin kishining nafsidir. Chunki, u oʻz egasini doimo malomat qilib (tergab) turadi. Gunoh ish qilsa, «Nima uchun gunoh qilding? Allohdan qoʻrqmaysanmi? Oxiratda nima javob berasan?» deb malomat qiladi. Savob ish qilsa, «Bu oz-ku, koʻproq qilsang boʻlmaydimi? Qancha koʻp savob ish qilsang, oʻzingga foyda-ku», deb malomat qiladi. Tasavvuf maktabining mashhur namoyandasi, Islom olamida katta hurmatga ega boʻlgan olim imom Hasan Basriy, yaxshi odam doimo oʻz nafsini malomat qilib turadi, fojir odam nafsini itob qilmay yuraveradi, deganlar.
Kelgusi oyatda Alloh taolo qiyomatni inkor qiluvchilarga hujjat keltirishga oʻtadi.