QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qiyamah surasi · Oyatсураси · Оят4

بَلَىٰ قَـٰدِرِينَ عَلَىٰٓ أَن نُّسَوِّىَ بَنَانَهُۥ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz uning barmoq uchlarini ham asl holiga keltirishga qodirmiz.Албатта, Биз унинг бармоқ учларини ҳам асл ҳолига келтиришга қодирмиз.Alauddin Mansour: Yoʻq, Biz uning barmoqlarini (ham) tiklab joyiga keltirishga qodir boʻlgan Zotdirmiz!Йўқ, Биз унинг бармоқларини (ҳам) тиклаб жойига келтиришга қодир бўлган Зотдирмиз!

577-sahifa · 29-juz · 58-hizb577-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
بَلَىٰhaҳаقَـٰدِرِينَqodirmizқодирмизعَلَىٰٓ-ga-гаأَن…ki…киنُّسَوِّىَasl holiga keltiramizасл ҳолига келтирамизبَنَانَهُۥuning barmoq uchlariniунинг бармоқ учларини
TafsirТафсир

Ushbu oyat Qurʼoni Karimning ilmiy moʻʼjizalaridan biridir. Tuproqqa koʻmilgan oʻlik bir muddatdan soʻng chirib bitadi. Qiyomat kuni oʻsha chirib, tuproqqa aralashib ketgan inson qayta tirilishiga koʻpchilik ishongisi kelmaydi. Yuqorida tilga olingan mushrik Adiyga oʻxshab hayron boʻladi.

Alloh taolo boʻlsa, bunga hayron boʻlishning hojati yoʻq, Men nafaqat tanani, balki oʻsha tanadagi nozik, daqiq joylarni, chiziqlarni ham, jumladan, barmoq uchlarini ham, avval qandoq boʻlsa, xuddi shundoq holiga keltiraman, deydi.

Nima uchun Alloh taolo bu oyatda inson aʼzolari ichidan aynan barmoq uchini tanlab oldi?

Insonning boshqa aʼzolari birovniki ikkinchisinikiga oʻxshashi mumkin. Lekin barmoq uchlari hech qachon birovniki boshqa shaxsnikiga oʻxshamas ekan. Bu haqiqatni odamlar oʻtgan asrga kelibgina anglab yetdilar. 1884 yildan boshlab Angliyada barmoq izidan odamlarni aniqlash boshlandi. Barmoq izlari turlicha boʻlib, dunyoda hech qachon bir kishining barmoq chiziqlari ikkinchi shaxsnikiga oʻxshamas ekan. Bu dalil Qurʼonning haqiqiy ilohiy kitob ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Koʻpchilik mazkur oyat taʼsiridan Islom dinini qabul qilganlar.