QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nazi'at surasi · Oyatсураси · Оят10

يَقُولُونَ أَءِنَّا لَمَرْدُودُونَ فِى ٱلْحَافِرَةِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Biz, albatta, ortga qaytarilamizmi?» – derlar.Улар: «Биз, албатта, ортга қайтариламизми?» – дерлар.Alauddin Mansour: Ular (bu dunyoda) derlar: «Haqiqatan ham bizlar (oʻlganimizdan keyin yana qayta tirilib) avvalgi holatimizga qaytarilguvchimizmi?Улар (бу дунёда) дерлар: «Ҳақиқатан ҳам бизлар (ўлганимиздан кейин яна қайта тирилиб) аввалги ҳолатимизга қайтарилгувчимизми?

583-sahifa · 30-juz · 59-hizb583-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَقُولُونَular derlarулар дерларأَءِنَّاbizmiбизмиلَمَرْدُودُونَalbatta qaytariluvchimizалбатта қайтарилувчимизفِى-ga-гаٱلْحَافِرَةِavvalgi holga (ortga)аввалги ҳолга (ортга)
TafsirТафсир

Bu oyati karimalar doʻzaxiylarning qiyomat kunidagi holini bayon qiladi. Oʻsha kunda ularning qalblari xavfga, koʻzlari qoʻrqinchga toʻlib, yana orqaga qaytamizmi, chirib ketganimizdan keyin ham-a, deb soʻrashadi. Chunki, ular: bu dunyoda oʻlib, suyagi chirigandan soʻng qayta tirilish yoʻq, deb yurgan edilar-da. Ular bu qaytish oʻzlari uchun muvaffaqiyatsiz, hasrat-nadomatli qaytish boʻlishini bilishadi. Chunki, bu dunyoda oxiratda qayta tirilish uchun tayyorgarlik koʻrishmagan.

Ey, kofirlar, bundoq savol berishingiz nimasi?! Alloh taolo uchun qiyomatni qoim qilish ham ish boʻlibdimi!