أَءِذَا كُنَّا عِظَـٰمًا نَّخِرَةً
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Chirigan suyak bo`lganimizdan keyin ham-a?»«Чириган суяк бўлганимиздан кейин ҳам-а?»Alauddin Mansour: Chirigan suyaklarga aylanib qolgan vaqtimizda-ya?»Чириган суякларга айланиб қолган вақтимизда-я?»
Bu oyati karimalar doʻzaxiylarning qiyomat kunidagi holini bayon qiladi. Oʻsha kunda ularning qalblari xavfga, koʻzlari qoʻrqinchga toʻlib, yana orqaga qaytamizmi, chirib ketganimizdan keyin ham-a, deb soʻrashadi. Chunki, ular: bu dunyoda oʻlib, suyagi chirigandan soʻng qayta tirilish yoʻq, deb yurgan edilar-da. Ular bu qaytish oʻzlari uchun muvaffaqiyatsiz, hasrat-nadomatli qaytish boʻlishini bilishadi. Chunki, bu dunyoda oxiratda qayta tirilish uchun tayyorgarlik koʻrishmagan.
Ey, kofirlar, bundoq savol berishingiz nimasi?! Alloh taolo uchun qiyomatni qoim qilish ham ish boʻlibdimi!