ٱذْهَبْ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Fir'avn huzuriga bor, albatta, u tug`yonga ketdi.«Фиръавн ҳузурига бор, албатта, у туғёнга кетди.Alauddin Mansour: «(Ey Muso), sen Firʼavnning oldiga borgin, chunki u (kufru isyon bilan) haddidan oshdi.«(Эй Мусо), сен Фиръавннинг олдига боргин, чунки у (куфру исён билан) ҳаддидан ошди.
Firʼavn–Misrga hokimlik qilganlarga beriladigan laqab. Oʻzining boshqa ismi bor. Lekin podshoh boʻlgandan soʻng unga nisbatan faqat «Firʼavn» soʻzi ishlatilgan. Muso alayhissalom davrlaridagi Firʼavn Allohni unutib, tugʻyonga ketib, haddidan oshib, kishilarga zulmni koʻpaytirgan, hattoki, xudolik daʼvosini ham qilgan. Shunday zolimga, tugʻyonga ketgan podshohga Alloh taolo Oʻz Paygʻambari Muso alayhissalomni yuborib, yumshoq gapirishni tayinlayapti.