فَٱلْمُدَبِّرَٰتِ أَمْرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Amrning tadbirini qiluvchi(farishta)lar bilan qasam.Амрнинг тадбирини қилувчи(фаришта)лар билан қасам.Alauddin Mansour: (Alloh buyurgan barcha) ishning tadbirini tuzib turadigan (farishta)larga qasamki, (sizlar albatta qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)!(Аллоҳ буюрган барча) ишнинг тадбирини тузиб турадиган (фаришта)ларга қасамки, (сизлар албатта қайта тирилиб, ҳисоб-китоб қилинурсизлар)!
Bu farishtalar esa, borliqdagi barcha ishlarning: shamol, yomgʻir, rizq, umr va boshqalarning tadbirini qilib turuvchi farishtalardir.
Yuqoridagi oyatlarda Alloh taolo Oʻzining besh turli: kofirlarning jonini shiddat bilan oluvchi, moʻminlarning jonini lutf bilan oluvchi, osmonda bulutdek suzib yuruvchi, yaxshi ishlarga oʻzib– shoshilib boruvchi va Alloh taoloning buyruqlarining tadbirini qiluvchi farishtalar bilan qasam ichdi. Bu, avvalo, mazkur farishtalarning Alloh taoloning huzurida martabasi ulugʻligini koʻrsatadi. Ayni paytda, qasamdan keyin keladigan masala nihoyatda ulkan ekanini bildiradi.
Oʻsha nihoyatda ulkan masala kelasi oyatda zikr qilinadi.