QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nazi'at surasi · Oyatсураси · Оят6

يَوْمَ تَرْجُفُ ٱلرَّاجِفَةُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iztirobga tushuvchi iztirobga tushgan kunda.Изтиробга тушувчи изтиробга тушган кунда.Alauddin Mansour: U Kunda (Sur birinchi marta chalinishi bilan) titraguvchi (yer) titrab (ustidagi bor jonzot halok qilinadi);У Кунда (Сур биринчи марта чалиниши билан) титрагувчи (ер) титраб (устидаги бор жонзот ҳалок қилинади);

583-sahifa · 30-juz · 59-hizb583-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَkundaкундаتَرْجُفُiztirobga tusharизтиробга тушарٱلرَّاجِفَةُiztirobga tushuvchiизтиробга тушувчи
TafsirТафсир

Demak, Alloh taolo qasam ichib taʼkidlayotgan narsa qiyomat kuni ekan. Bu kunda iztirobga tushuvchidan murod–yer kurrasi. Oʻsha kuni yer, shunchalik katta boʻlishiga qaramasdan, iztirobga tushib, larzaga kelarkan.

Ushbu oyatda zikr qilingan iztirob surga birinchi marta puflanganda boʻladigan iztirobdir. Ana oʻshanda yer iztirobga tushib, qattiq qimirlaydi va barcha tirik jonzot oʻladi.