ثُمَّ أَمَاتَهُۥ فَأَقْبَرَهُۥ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra o`ldirdi va qabrga kirgazdi.Сўнгра ўлдирди ва қабрга киргазди.Alauddin Mansour: Soʻngra unga oʻlim berib, qabrga kiritdi (yaʼni, boshqa hayvonlar singari uning jasadini Yer yuzida qoldirib, yirtqichlarga yem qilib qoʻygani yoʻq).Сўнгра унга ўлим бериб, қабрга киритди (яъни, бошқа ҳайвонлар сингари унинг жасадини Ер юзида қолдириб, йиртқичларга ем қилиб қўйгани йўқ).
Ha, Alloh taolo inson kim boʻlishidan qatʼinazar uni oʻldiradi va qabrga kiritadi. Ha, bu dunyoda oʻlmagan kim bor? Oʻlim haq. Uning oldida har qanday ashaddiy kofir ham boʻyin egadi. Oʻlim Alloh taolodan boʻlishi ham haq. Butun dunyo bir boʻlib qadimdan buyon hech boʻlmasa biror shaxsning oʻlmay qolishi uchun chora axtarmoqda, ammo ilojini topa olmayaptilar. Alloh taolo xohlagan shaxsni xohlagan lahzasida oʻldirib, qabrga kiritmoqda.
Oʻlim haq boʻlganidan keyin, qabrga kirish haq boʻlganidan keyin, besh kunlik dunyoni kufr va jaholatda oʻtkazishning nima keragi bor? Oʻlim haq boʻlganidan keyin, qabrga kirish haq boʻlganidan keyin, inson oʻzini oʻldirib qabrga kiritadigan zot –Alloh taologa kufr keltirishining nima keragi bor?! Alloh taolo yuborgan Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni yolgʻonchiga chiqarishning nima keragi bor? Alloh taolo nozil qilgan Qurʼonga kufr keltirishning nima keragi bor?! Chunki, Alloh taolo insonni oʻldirib, qabrga kiritib qoʻyishi bilan ish tamom boʻlmaydi. Balki, soʻngra boshqa ishlar ham bor...