QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят23

كَلَّا لَمَّا يَقْضِ مَآ أَمَرَهُۥ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q, undoq emas! U o`ziga U zot qilgan amrni bajarmadi.Йўқ, ундоқ эмас! У ўзига У зот қилган амрни бажармади.Alauddin Mansour: Yoʻq, u (kofir kimsa Alloh) oʻziga buyurgan biron narsani ado qilmadi.Йўқ, у (кофир кимса Аллоҳ) ўзига буюрган бирон нарсани адо қилмади.

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَلَّاyoʻq undoq emas!йўқ ундоқ эмас!لَمَّاhali emasҳали эмасيَقْضِbajardiбажардиمَآnarsaniнарсаниأَمَرَهُۥU unga amr qilganУ унга амр қилган
TafsirТафсир

Ha, kofir inson Alloh taolo unga qilgan amr-farmonni bajarmadi–Alloh taolo uni Oʻziga iymon keltirib toatida boʻlishga amr qilgan edi, bu amrni bajarmay inson kofir boʻldi. Alloh taolo uni Oʻz Paygʻambari sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirib, u kishiga har bir narsada ergashishga amr qilgan edi, kofir inson bu amrni ham bajarmadi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirmadi. Ul zotga ergashmay, boshqalarga ergashdi. Alloh taolo uni Qurʼonga amal qilishga amr etgan edi, kofir inson Qurʼonni inkor etib, boshqa yerdan chiqqan, buzilgan taʼlimotlarga amal qildi.

Yuqoridagi oyatlarda Qurʼoni Karim insonning kelib chiqishini va oxiri nima boʻlishini bayon qilib berdi. Endi esa, Alloh taolo insonga bergan neʼmatlaridan baʼzilarini eslatib oʻtadi, shoyadki, u shukr qilishga oʻtsa.