QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят24

فَلْيَنظُرِ ٱلْإِنسَـٰنُ إِلَىٰ طَعَامِهِۦٓ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Inson o`z taomiga nazar solsin.Инсон ўз таомига назар солсин.Alauddin Mansour: Endi inson oʻzining taomiga (ibrat koʻzi bilan bir) qarab koʻrsin-chi!Энди инсон ўзининг таомига (ибрат кўзи билан бир) қараб кўрсин-чи!

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلْيَنظُرِbas, nazar solsinбас, назар солсинٱلْإِنسَـٰنُinsonинсонإِلَىٰ-ga-гаطَعَامِهِۦٓoʻz taomiўз таоми
TafsirТафсир

Ha, inson hech boʻlmasa, oʻz taomiga ibrat nazari solsin! Dunyodagi sonsiz-sanoqsiz ulkan moʻʼjizalarga nazar solishga aqli yetmasa, qodir boʻlmasa, hech boʻlmasa, har kuni bir necha marta ehtiyoji tushib turadigan, usiz hayot kechira olmaydigan narsasi–oʻz taomiga nazar solsin! Nazar solganda ham, ibrat nazari solsin. Zotan, insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan narsalardan biri ham ibrat nazaridir.

Inson oʻz taomiga ibratsiz nazar solganidan foyda yoʻq. Inson oʻz taomiga ishtaha nazari, shahvat nazari, ayshu ishrat nazari yoki yana qandaydir boshqacha nazarlar solishidan hech qanday foyda yoʻq.

Inson oʻz taomiga aynan ibrat nazari solmogʻi lozim. Bu taom nima oʻzi? Uni kim yoʻqdan bor qildi? Uni kim menga taom, ozuqa qildi? Nima uchun uni tanovul qilsam, ochligim ketadi, huzur qilaman? Nima uchun uni maʼlum muddat tanovul qilmasam, holim tang boʻladi? Bu taomlarga ozuqa kuchini kim bergan, turli taʼmlarni kim bergan? Bu «taom» deb atalayotgan narsa, menga yemak boʻlib dasturxonimga qoʻyilguncha, qaysi yoʻllarni bosib oʻtgan? Va hokazo savollarni qoʻyish kerak. Aynan oxirgi savolning javobi quyidagi oyatlarda keladi: