QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят25

أَنَّا صَبَبْنَا ٱلْمَآءَ صَبًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz suvni rosa quyib qo`yibmiz.Албатта, Биз сувни роса қуйиб қўйибмиз.Alauddin Mansour: Biz (osmondan) suv-yomgʻirni quydirdik.Биз (осмондан) сув-ёмғирни қуйдирдик.

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
اَنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизصَبَبْنَاquydikқуйдикٱلْمَآءَsuvniсувниصَبًّۭاrosa quyish ilaроса қуйиш ила
TafsirТафсир

Suvsiz hayot yoʻq. Jumladan, inson taomining asosini ham suv tashkil qiladi. Inson ichadigan suvdan tashqari, taomi uchun kerak boʻlgan narsalarning birortasi ham suvsiz boʻlmaydi. Inson oʻz taomiga ibrat nazari solganda, ana shu haqiqatni eng avval esga keltirishi kerak. Borliqni inson uchun eng zarur narsa–suv bilan taʼminlab turgan Zot kim? Suvni yoʻqdan bor qilgan kim? Bor suvni bugʻ shaklida bulutlarga yuklab, yomgʻir va qor shaklida yer yuziga quyib turuvchi kim? Agar suv boʻlmasa, insonning oʻzi ham, uning hech bir taomi ham boʻlmas edi. Inson oʻzi uchun kerak suvni yoʻqdan bor qila olmaydi. Yoki boshqa biror zot ham unga suv paydo qilib bera olmaydi. Agar bir tomchi suvni yoʻqdan bor qiladigan zot boʻlsa ham, yagona Alloh taoloning Oʻzidir. Bas, shundoq ekan, nima uchun inson qurgʻur uni va taomini yaratgan Alloh taologa iymon keltirib, Uning amriga itoat qilmaydi?! Nima uchun Alloh taoloning Paygʻambari sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirib, ergashmaydi? Nima uchun Allohning kitobi Qurʼonga iymon keltirib, amal qilmaydi?!

Alloh taolo suvni koʻplab quyib qoʻyib, tek turgani yoʻq. Balki, undan soʻng boshqa ishlarni ham qilgan.