QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят26

ثُمَّ شَقَقْنَا ٱلْأَرْضَ شَقًّا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra yerni o`ziga xos yordik.Сўнгра ерни ўзига хос ёрдик.Alauddin Mansour: Soʻngra Yerni (giyohlar bilan) yordik.Сўнгра Ерни (гиёҳлар билан) ёрдик.

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّsoʻngraсўнграشَقَقْنَاyordikёрдикٱلْأَرْضَyerniерниشَقًّۭاoʻziga xos yorish ilaўзига хос ёриш ила
TafsirТафсир

Yaʼni, yomgʻir yoqqandan soʻng, nabotot yerni yorib oʻsib chiqdi. Bularning barchasi Alloh taoloning qudrati bilan boʻladi va Alloh taolo tarafidan bandalarga ulugʻ neʼmatlar hisoblanadi.

Sirtdan qaraganda, yomgʻir yogʻgani uchun oʻsimliklar yerni yorib chiqqan boʻlib koʻrinadi. Lekin, Alloh:

«Yerni oʻziga xos yordik»,–demoqda.

Ha, Alloh taolo Oʻzi yormasa, yerni boshqa hech kim, hech narsa yora olmaydi.

Keling, insof bilan oʻylab koʻraylik. Yerda urugʻ bor. Unga suv quyilsa, unib chiqadi. Ammo bobo dehqon yerga urugʻni sepib, ustidan suv qoʻyishdan boshqa nima ham qila olardi. Hech narsa qila olmaydi. Faqat, Alloh taolodan najot soʻrashdan boshqa narsaga yaramaydi. Agar Alloh xohlamasa, qancha urugʻ sepsa ham, qancha suv quysa ham, oʻsimlik chiqmay turaveradi. Yer yorilmaydi, oʻsimlik chiqmaydi. Ekkan urugʻligiga kuyib qolgan dehqonlar bu narsani yaxshi biladilar.

Demak, suv bilan bir qatorda insonga taom yetkazib berishda Alloh taolo sabab qilib qoʻygan ikkinchi muhim omil yer ekan. Yer boʻlmasa, quruq suv bilan hamma taom boʻladigan narsalarni yetishtirib boʻlmas ekan. Xoʻsh, yerni kim yaratdi? Tuproqqa oʻsimliklarni oʻstirish qobiliyatini kim bergan? Odam oʻzi bu narsani qila oladimi? Yoki boshqa bir zot yoki narsa bormi? Yoʻq! Alloh taolodan oʻzga hech narsa yoʻq!

Ammo suv va yer boʻlishining oʻzi masalani toʻliq hal qilmaydi. Suv, yer va boshqa omillar Alloh taoloning irodasisiz hech narsaga omil boʻla olmaydilar. Shuning uchun ham, Alloh taolo quyidagi oyatlarda zikr qilinadigan narsalarning hammasini:

«Biz oʻstirdik», demoqda.