QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят37

لِكُلِّ ٱمْرِئٍ مِّنْهُمْ يَوْمَئِذٍ شَأْنٌ يُغْنِيهِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda ulardan har bir shaxsni ovora qiluvchi o`z ishi bor.У кунда улардан ҳар бир шахсни овора қилувчи ўз иши бор.Alauddin Mansour: (Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda oʻziga yetarli tashvish boʻlur!(Чунки) улардан ҳар бир киши учун у Кунда ўзига етарли ташвиш бўлур!

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِكُلِّhar birҳар бирٱمْرِئٍۢshaxsgaшахсгаمِّنْهُمْulardanуларданيَوْمَئِذٍۢu kundaу кундаشَأْنٌۭish borиш борيُغْنِيهِuni ovora qiluvchiуни овора қилувчи
TafsirТафсир

Ha, qiyomat kuni dahshati shunchalik kuchliki, har bir odam kim boʻlishidan qatʼinazar, faqat oʻzinigina oʻylab qoladi. Aka-uka ham, ota-ona ham, bola-chaqayu eru xotin ham yodga kelmay qoladi. Hamma oʻzini oʻylab, bir-biridan qochadi.

Demak, oʻshandoq kunda sharmanda boʻlib qolmaslik uchun hozirdan tayyorgarlik koʻrib borish kerak. Chunki, ushbu biz yashab turgan besh kunlik dunyo oxiratning ekinzoridir. Har kim ekkanini oʻradi. Bu dunyoda iymon-eʼtiqod bilan, ibodatu solih amal bilan oʻtganlar u dunyoda baxt-saodatga ega boʻladilar. Bu dunyoda kofir boʻlib, fisqu fujur bilan oʻtganlar esa, ogʻir ahvolda qoladilar.