وَلَقَدْ رَءَاهُ بِٱلْأُفُقِ ٱلْمُبِينِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, ul ani ochiq-oydin ufqda ko`rdi.Батаҳқиқ, ул ани очиқ-ойдин уфқда кўрди.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, u (Jabroilni) ochiq ufqda koʻrdi.Дарҳақиқат, у (Жаброилни) очиқ уфқда кўрди.
Yaʼni, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni ochiq-oydin ufqda oʻz koʻzlari bilan asl yaratilishida koʻrdilar. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hazrati Jabroilni bu koʻrishlari Hiro gʻoridagi birinchi muloqotdan keyin, togʻdan qaytayotgan paytlarida, vodiyda sodir boʻlgan. Oʻshanda u zot sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni Alloh qandoq xalq qilgan boʻlsa shundoq holda koʻrganlar. Jabroil alay- hissalom u zot sollallohu alayhi vasallamga mashriq tomonda baland ufqda ochiq-oydin koʻringanlar, «al-Bahrul Muhiyt» tafsirida aytilishicha, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni asl suratida–olti yuzta qanoti ila mashriq ila magʻribni toʻsib kursida oʻtirgan hollarini koʻrganlar.
Demak, Muhammad sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi oyatlarda vasf qilingan farishta Jabroil alayhissalomdan Qurʼonni qabul qilib olayotganlari aniq. Ul zot Jabroil alayhissalomni asl holida koʻrganlari, kimdan vahiyni qabul qilib olayotganlari ham sobit. Shuning uchun, Muhammad sollallohu alayhi vasallam «Qurʼon» deb taqdim qilayotgan narsada hech ikkilanmaslik kerak, uning Kalomulloh ekanligiga hech qanday shak va shubha yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas.