QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Takwir surasi · Oyatсураси · Оят24

وَمَا هُوَ عَلَى ٱلْغَيْبِ بِضَنِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u g`aybga baxil emasdir.Ва у ғайбга бахил эмасдир.Alauddin Mansour: U (Muhammad alayhis-salotu vas-salom) gʻaybga (yaʼni, gʻaybdan kelgan vahiyga) baxil ham emasdir. (U Alloh taolo tomonidan oʻziga keladigan vahiylarni buzmasdan, toʻla-toʻkis holda sizlarga yetkazur).У (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) ғайбга (яъни, ғайбдан келган ваҳийга) бахил ҳам эмасдир. (У Аллоҳ таоло томонидан ўзига келадиган ваҳийларни бузмасдан, тўла-тўкис ҳолда сизларга етказур).

586-sahifa · 30-juz · 59-hizb586-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасهُوَuуعَلَى-ga-гаٱلْغَيْبِgʻaybғайбبِضَنِينٍۢbaxilбахил
TafsirТафсир

Yaʼni, Muhammad sollallohu alayhi vasallam baxillik qilib oʻziga kelayotgan vahiydan baʼzisini berkitib qolayotgani yoʻq. Bu oyatda gʻaybdan murod «vahiy»dur.

Ul zot sollallohu alayhi vasallam oʻzlariga Alloh taolo tomonidan Jabroil farishta keltirayotgan Qurʼon oyatlarini baxillik qilib berkitib qolmaydilar. Aksincha, ularga hech bir nuqson yetkazmay, omonat bilan, qanday qabul qilib olsalar, shunday holda kishilarga yetkazadilar. Hozirgacha Muhammad sollallohu alayhi vasallam oʻzlari yashayotgan jamiyatda «Amiyn»–ishonchli degan unvon olib yashab kelayotgan edilar. Odamlarga biror ogʻiz ham yolgʻon gapirmaganlari, zarracha ham xiyonat qilmaganlari uchun shu unvonni olgan edilar. Umr boʻyi shundoq holda oʻtgan zot qirq yoshdan oʻtgandan keyin odamlarga gapirmagan yolgʻonni Alloh taologa gapirarmidi?! Odamlarga qilmagan xiyonatni Robbul olamiynga qilarmidi?!