وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَيْطَـٰنٍ رَّجِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u(Qur'on) toshbo`ron qilingan shaytonning so`zi emasdir.Ва у(Қуръон) тошбўрон қилинган шайтоннинг сўзи эмасдир.Alauddin Mansour: Va u (Qurʼon) quvilgan — malʼun shaytonning soʻzi emasdir.Ва у (Қуръон) қувилган — малъун шайтоннинг сўзи эмасдир.
Yaʼni, Qurʼoni Karim mushrik va kofirlar gumon qilayotganlaridek, Allohning dargohidan quvilgan shaytonning soʻzi emas. Uni Muhammad sollallohu alayhi vasallamga jinlar keltirayotgani yoʻq. Aniqki Qurʼon Robbul olamiyn boʻlgan Alloh taoloning soʻzi, «Mutoʼin samma amiyn»–«itoat qilingan va amiyn boʻlgan» Jabroil farishta orqali Muhammad al-Amiyn boʻlgan soʻnggi va eng afzal Paygʻambarga nozil etgan Kalomidir!
Hoy odamlar! Shuning uchun ham, bu dunyoda unga eʼtiqod va amal qilib yuringlar. U sizga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan dasturul amaldir. U sizga ikki dunyo soat yoʻlidir. Siz ikki dunyo saodatiga erishishingiz uchun ana oʻsha yoʻldangina ketmogʻingiz lozim va lobuddir.