وَإِنَّ ٱلْفُجَّارَ لَفِى جَحِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, albatta, fojirlar jahannamdadir.Ва, албатта, фожирлар жаҳаннамдадир.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, fisq-fujur qilguvchi kimsalar (yaʼni, Qurʼon va paygʻambarni yolgʻonchi qilguvchi, jazo Kuni va qayta tirilishni inkor qilguvchi kimsalar) doʻzaxdadirlar!Шак-шубҳасиз, фисқ-фужур қилгувчи кимсалар (яъни, Қуръон ва пайғамбарни ёлғончи қилгувчи, жазо Куни ва қайта тирилишни инкор қилгувчи кимсалар) дўзахдадирлар!
Chunki, oʻsha fojirlarning nomai aʼmollaridan bu dunyoda qilgan yomonliklari: kofirlik va mushrikliklari, osiyliklari, fosiqliklari, zulmlari va boshqa yomon ishlari haqida batafsil maʼlumotlar chiqadi. Ana shuning uchun ular qiyomat kuni qattiq qizib turgan jahannamga kiradilar. Ular jahannamdan gʻoyib boʻla olmaydilar: qochib qutula olmaydilar, tushganlaridan keyin qaytib chiqa olmaydilar. Ey, Robbisi haqida gʻururga ketgan nobakor inson! Ey, qiyomatni inkor qilayotgan kofir! Qiyomat ana shundoq kun! Qiyomat kuni sen va senga oʻxshaganlar boshiga mazkur musiybatlar albatta tushajak. Sen, ey, gʻofil banda, qiyomat kuni mohiyatini anglab yetasanmi, oʻzi?!