QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Infitar surasi · Oyatсураси · Оят15

يَصْلَوْنَهَا يَوْمَ ٱلدِّينِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular u yerga qiyomat kuni kiradir.Улар у ерга қиёмат куни кирадир.Alauddin Mansour: Ular (doʻzax)ga jazo (Qiyomat) kunida kirurlar!Улар (дўзах)га жазо (Қиёмат) кунида кирурлар!

587-sahifa · 30-juz · 59-hizb587-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَصْلَوْنَهَاular unga kiradirулар унга кирадирيَوْمَkuniкуниٱلدِّينِqiyomat (jazo)қиёмат (жазо)
TafsirТафсир

Chunki, oʻsha fojirlarning nomai aʼmollaridan bu dunyoda qilgan yomonliklari: kofirlik va mushrikliklari, osiyliklari, fosiqliklari, zulmlari va boshqa yomon ishlari haqida batafsil maʼlumotlar chiqadi. Ana shuning uchun ular qiyomat kuni qattiq qizib turgan jahannamga kiradilar. Ular jahannamdan gʻoyib boʻla olmaydilar: qochib qutula olmaydilar, tushganlaridan keyin qaytib chiqa olmaydilar. Ey, Robbisi haqida gʻururga ketgan nobakor inson! Ey, qiyomatni inkor qilayotgan kofir! Qiyomat ana shundoq kun! Qiyomat kuni sen va senga oʻxshaganlar boshiga mazkur musiybatlar albatta tushajak. Sen, ey, gʻofil banda, qiyomat kuni mohiyatini anglab yetasanmi, oʻzi?!